loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

KONSTITUTSIYA O‘ZIMIZNIKI

  “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirida, NavDPI Fizika-texnologiya fakulteti barcha talaba-yoshlari umumxalq Referendumida faol ishtirok etishlarini bildirishdi. Tadbir davomida Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori ekanligi ta’kidlandi. Yangilanayotgan Konstitutsiya nafaqat bugungi, balki kelajak avlod manfaatlariga to‘la xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidlanib, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda har birimiz ishtirok etib o‘z fuqarolik burchimizni bajarishimiz lozimligi alohida qayd etildi. “Yaqin yillargacha o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinar, ta’lim jarayonlari qolib, hisobotlar tayyorlashga, turli qog‘ozbozliklarga ko‘mib tashlangan edi, Yangilanayotgan Konstitutsiyada esa o‘qituvchining maqomini oshirish, haq-huquqlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani kasbga bo‘lgan mehrimizni yanada oshirdi…”- deydi “Matematika-informatika” fakulteti professori Sh.Nosirova.