loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Baxt va bahor kuychisiga ehtirom!

  Shoira Zulfiya-xalq qalbining tarjimoni, uning orzu-intilishlari ifodachisi. Zulfiyaxonim oddiy temirchi qizidan qahramon shoira darajasigacha bosib o‘tgan yo‘li bu sharq o‘zbek ayolining shonli yo‘lidir. Zulfiyaxonim o‘zining go‘zal, otashga to‘liq satrlarga boy she’rlari bilan mamlakatlar chegarasini hech qanday to‘siqlarsiz bosib o‘tdi. Uning she’rlari dunyoning 20 dan ortiq tillarida tarjima qilingan. Joriy yilning 1-mart sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti talabalari tomonidan shoira tavalludining 108-yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim izdoshlari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Talabalar shoiraning bosib o’tgan yo’llariga va turmush o’rtog’iga bo’lgan sadoqati o’zini ilimga va kelajak avlod uchun qoldirib ketgan manaviy boylilari bilan tanishib chiqdi. Shoira nomiga tasis etilgan “Zulfiyaxonim” mukofati bilan bog’liq bilim va tassavurlarga ega bolishdi. Talabalar shoira Zulfiyaxonim Isroilovaning “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “O’rik gullaganda”, “Yulduz”, sherlarini hirgoya qildilar va tadbir so’ngida shoiramizga o’xshagan shoiralar yetishib chiqishini tilab va buning uchun tinimsiz mexnat qilishi o’qib izlanib Zulfiyaxonimdek inson bo’lishga fikr bildirishdi.