loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut talabalari tomonidan tadbir tashkil etildi

Talaba-yoshlar ongida vatanparvarlik, yurtga sadoqat hamda harbiylarimizga boʻlgan hurmat va ehtirom tuygʻularini shakllantirish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan tadbir tashkil etildi.

Talabalar askarlar hayoti, faoliyati toʻgʻrisida badiiy chiqishlar namoyish etishdi. Tadbir avvalida Sanʼatshunoslik fakultetining “Xor” jamoasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi jonli ijroda kuylandi.

 

Tadbir davomida fakultetining “Navobaxsh” maqomchilar ansambli, “Zarb” doirachilar ansambli, “Zar brend” dutorchi qizlar guruhlari tomonidan diltortar kuy, qoʻshiq va raqslar tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, fakultet iqtidorli talabalarining rasmlar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Tadbir yakunida “Vatandir bu… ” taronasi Sherzod Aslanov tomonidan maromiga yetkazib ijro etildi.