loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor va iqtidorli talabalar uchrashuvi oʻtkazildi

  Anʼanaga muvofiq, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov Tarix, Sanʼatshunoslik, Rus va qozoq filologiyasi, Oʻzbek tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat, Tabiiy fanlar, Ingliz tili va adabiyoti, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim, Fizika-texnologiyalar, Matematika-informatika, Tibbiyot fakultetlarining bir guruh iqtidorli yoshlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari Akram Muqimov Navoiy davlat pedagogika institutining bir guruh iqtidorli talabalari bilan hamkorlikda «Yuksak ma’naviyatli yoshlar – jamiyat taraqqiyotining garovidir» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda oliy taʼlimdagi tub islohotlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar xususida soʻz bordi. Shuningdek, talaba-yoshlarni maʼnaviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda ta’lim muassasalarining o’rni muhimligi uchrashuvda ta’kidlandi. Tadbir soʻnggida talabalarning taklif va taqdimotlari eshitildi.

Ochiq va samimiyat ila oʻtkazilgan uchrashuvda A.Muqimov Mamlakatimizda maʼnaviyat va maʼrifat sohasida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarni maʼnaviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda oila va jamiyatning roli to’g’risida fikr-mulohazalarini bildirdi. Uchrashuvda fakultet dekanlari va har bir ishtirokchi talabalargan kitoblar sovgʻa qilindi.