loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Targʻibot tadbirlari davom etmoqda

  Avval xabar  berganimizdek, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan guruh sardorlari (starostalar) bilan profilaktik uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Uchrashuv Matematika-informatika, Sanʼatshunoslik, Ingliz tili va adabiyoti fakultetlarining guruh sardorlari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Unda “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan oliy taʼlim tizimida korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha shu paytga qadar amalga oshirilgan ishlar, bu borada institutda oʻtkazilayotgan profilaktik targʻibot-tadbirlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 210, 211 va 212-moddalari tegishli bandlari tushuntirildi. Shuningdek, guruh sardorlarining fikr-mulohaza va takliflari tinglandi. Uchrashuv yakunida korrupsion jinoyatlar sodir etilganligi bo’yicha videorolik namoyish etilib, guruh sardorlaridan “korrupsion holatlarga aralashmaslik toʻgʻrisida” tilxatlar olindi.