loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Giyohvandlik-asr balosi” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi

   1-fevraldan 1-martgacha yurtimizda davom etayotgan “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash” oyligi munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar organlari mas’ullari qatnashgan ochiq muloqotda institut rahbariyati, Tarix, Fizika-texnologiyalar fakulteti tyutorlari va talabalari ishtirok etdi. Suhbatda mutaxassislar tomonidan giyohvandlikka qarshi kurash sohasida olib borilayotgan ishlar, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning huquqiy oqibatlari, narkotik moddalarning inson salomatligiga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv davomida mavzuga doir videofilm namoyish qilindi.