loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Xotin-qizlar faoliyatida innovatsion yondashuv: yutuqlar va istiqboldagi rejalar

   Joriy yilning 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Ushbu kun, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasiga binoan, 2016-yildan beri nishonlanadi. Bundan koʻzlangan maqsad ayollarning ilm-fandagi salohiyatiga eʼtibor qaratish va qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Shu munosabat bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan «Xotin-qizlar faoliyatida innovatsion yondashuv: yutuqlar va istiqboldagi rejalar» nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Dastlab tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Ilhom Nasriddinov ochib berib, bugungi kun, bugungi bayram bilan tadbir ishtirokchilarini, ular orqali butun jamoa ahlini tabrikladi.

Shundan soʻng institutning olima ayollari tomonidan maʼruzalari tinglandi. Tadbir Sanʼatshunoslik fakultetining professor-oʻqituvchilari, isteʼdodli talabalarining rasmlar koʻrgazmasi, musiqiy chiqishlari va albatta «Dizayn libos» taʼlim yoʻnalishi talabalarining “Liboslar kolleksiyasi” bilan davom etib, yig’ilganlarga xursandchilik va yuqori kayfiyatni in’om etdi.

Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetining isteʼdodli talabasi tomonidan musiqiy chiqish barchani raqsga chorlagan bo’lsa, “innovatsion loyiha taqdimoti” tadbir ishtirokchilarini mushohadaga chorladi. Tadbir yakunida bir guruh talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.