loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ajdodlar xotirasi yodimizda

  Yurtimizda turizm va turistik infratuzilmani rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, milliy turistik xizmatlarni xalqaro sayohlik bozoriga faol kiritishga, turizm sohasidagi xalqaro tashkilotlar, yirik xorijiy brendlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm xizmati ko‘rsatishning ilg‘or jahon sifat standartlarini joriy etish, respublika mintaqalarida turizm infratuzilmasining zamonaviy ob’ektlari, eng avvalo, mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, mintaqalarda yangi turizm yo‘nalishlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ipak Yo‘lining chorrahasida joylashgan Navoiy betakror madaniy meros inshootlari, osori-atiqalari bilan har doim dunyo ahlida katta qiziqish uyg‘otib kelgan. Bu esa qadimiy va navqiron shaharda sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish imkonini berayapti. Shu bois keyingi yillarda turizm viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda yetakchi tarmoqlardan biriga aylandi. Viloyatimizda xalqimiz tarixini o‘zida mujassam etgan muzeylar, tarixiy obida va yodgorliklar, shuningdek, bahavo va xushmanzara dam olish maskanlari, muqaddas ziyoratgohlar juda ko‘p. Bunday ziyoratgohlardan bittasi Qosim Shayx maqbarasidir, Joriy yilning 16-dekabr kuni Tarix fakulteti tyutorlari tomonidan «Ajdodlar xotirasi yodimizda» shiori ostida 2-kurs talabalarini ushbu ziyoratgohga olib borishdi, tashrif chog’ida talabalarga ushbu inshoot to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi