loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yangi O’zbekistonda gender tenglik masalalari va xotin-qizlar salomatligi mavzusida davra suhbati

  Kuni kecha O’zbek tili va adabiyoti hamda Matematika-informatika fakultetlari tomonidan 4-kurs talabalari uchun “Yangi O’zbekistonda gender tenglik masalalari va xotin-qizlar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirda xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi N.Tursunova, O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasi viloyat kengashi ayollar qanoti rahbari Sh.Shokirova, partiya deputati t.f.d. Sh.Nasirova, viloyat aholi reproduktiv salomatligi markazi akusher-ginekologi G.Aliyeva va fakultet maslahatchilari: Z.Axmedova, S.Qo’chqorovalar ishtirok etdi.

“Gender tenglikning jamiyatda tutgan o’rni”, “Reproduktiv salomatlik va sog’lom oilani shakllantirish”, “Gender tenglikni amalga oshirishda talaba-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish” va “Yangi O’zbekiston taraqqiyotida gender tenglik masalalari” kabi mavzularda batafsil tushuntirish berildi.