loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz mavzusida davra suhbati

  Bugungi axborot asrida, globallashuv jarayonida turli yot oqimlar, xususan diniy aqidaparastlarning zararlaridan saqlanish, uning oldini olish uchun chora-tadbirlar majmuini oʻz ichiga oladigan mafkuraviy profilaktik tadbirlarning oʻrni katta.

Navoiy davlat pedagogika instituti Rus va qozoq filologiyasi fakulteti bilan oʻtkazilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusidagi davra suhbatida xalqimizda, ayniqsa yoshlarda turli oqimlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida soʻz yuritildi. Unda Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakili, Navoiy shahar imom xatibi D.Ergashev, viloyat DXX xodimi M.Boboqulov, fakulteti dekani, dekan oʻrinbosarlari, fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi, tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdi.

– “Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarimiz turli gʻoyaviy xurujlarning nishoniga aylanmoqda. Internet tarmogʻi orqali diniy ekstremistik gʻoyalar, “ommaviy madaniyat” targʻibotchilari yoshlarimiz ongiga oʻzlarining gʻoyalarini singdirishga urinmoqdalar. Davra suhbatimizda soha mutaxassislari bu kabi salbiy tahdidlarning oldini olish, ularga qarshi maʼrifat bilan kurashish toʻgʻrisida fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi”, – dedi fakultet dekani Dilorom Shamsiyeva.