loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Yoshlar – Oʻzbekistonning eng katta boyliklari” mavzusida uchrashuv

 Uchrashuv davomida, “Yangi Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining oʻziga xos jihatlari”, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat kengashining 2022-yilda yoshlarga oid siyosatini amalga oshirishga qaratilgan Yoshlar dasturi” ijrosi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbirda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi Nazira Togʻayeva, kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Navoiy viloyati boʻyicha masʼul tashkilotchisi Anora Bobomurodova va institut kasaba uyushmasi raisi Normurod Bekmurodov, ARM direktori Xamza Ortiqov hamda kunduzgi va sirtqi boʻlim talabalari ishtirok etdi. Tadbir soʻnggida talabalardan kelib tushgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.