loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Jamiyat taraqqiyotining kushandasi — korrupsiya” mavzusida profilaktik tadbirlar haftaligi oʻtkazilmoqda

  Mazkur tadbirlar 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi hamda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Kuni kecha ana shunday uchrashuvlarning birinchisi oʻtkazildi. Unda institutimiz rektori Bahodir Sobirov, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi Orif Allanazarov, rektor maslahatchisi, prorektorlar boshchiligida Tarix, Tibbiyot, Rus va qozoq filologiyasi, Matematika-informatika, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetlari professor-o’qituvchilari, tyutorlari va ishchi-xodimlari ishtirok etdi.