loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

ASRIMIZ VABOSI BO‘LGAN OITSGA QARSHI BIRGA KURASHAYLIK

  Ma’lumki, hozirgi davrda “Barkamol avlod tarbiyasi” va jamiyat taraqqiyoti o‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lom va bardam bo‘lishi bilan chambarchas bog‘liq. Buning uchun Mustaqil Respublikamizda davlatimiz tomonidan barcha sharoit qulayliklar yaratilgan. Lekin inson sog‘ligiga putur yetkazuvchi, tashqaridan mamlakatimizga kirib kelayotgan OITS kasalligi eng og‘ir va murakkab muammolardan bo‘lib qolmoqda. “Asr vabosi” nomini olgan ushbu immun, ya’ni kasalliklarga qarshilik yetishmasligi xastaligini oldini olish, davolash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik nafaqat tibbiyot xodimlari, balki barcha-barchamizning muhim ishimiz bo‘lib qolmoqda. Buning uchun yoshlarimizgaa OITS haqida ilmiy asoslangan, mukammal tushunchalarni yetkazishning ahamiyati nihoyatda katta. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida talabalarga ushbu kasallik va uning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan keng ko‘lamli ma’lumotlar berildi. “Xulosa qilib aytganda, eng muhimi OITSga chalinayotganlar soni ortib borayotganini hisobga olib, har bir kishi bu masalada jon kuydirmog‘i darkor. Buning uchun ular OITS haqidagi ma’lumotlarni bilishlarining o‘zi ham katta ahamiyatga ega. Ular kasallik va virus haqida, kasallikning yashirin belgilari, rivojlanishi, davolash, bemorga yordam berish, unga nisbatan psixoterapiya ishlari, profilaktika masalalari va boshqalardir. Asrimiz vabosi bo‘lgan OITS, giyohvandlik ofatidan xalqimizni va kelajak avlodni xalos etish, ularni moddiy-ma’naviy barkamollik sari yo‘naltirishdek umumbashariy xayrli ishlarda barchamiz birdek faol bulaylik…”-deydi Navoiy viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi, epidemiolog F.Axmedov.