loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Darslarda qo‘llanadigan interfaol metodlar

 So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o‘zlashtirilib va qo‘llanib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirib yubordi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Institutning Rus va qozoq filologiyasi fakultetida, Rus tili va adabiyoti kafedrasi stajyor-o‘qituvchilari: D.T. Kamolova, N.B. Sharopova, A.B. Kasimov va O.D. Barnoevlar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida interfaol ochiq amaliy mashg‘ulotlari o‘tildi. Mashg‘ulot natijalari kafedra yig‘ilishida muhokama qilindi hamda yosh o‘qituvchilarga uslubiy tavsiya va maslahatlar berildi.Hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda o‘qituvchilar o‘zi mustaqil izlanib, bilimlarini, o‘zgalarni fikrini hurmat qilsa o‘z samarasini berishi aniq.