loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

DARAXT EKISH ULUG’ VA SAVOBLI ISH

  Yashil makon loyihasi doirasida NavDPI barcha fakultetlarida mevali va manzarali daraxt ekish tadbirlari davom etmoqda. Ekoshaharda “Fizika-texnologiya” fakultetining professor-o’qituvchilari, ishchi xodimlari va talabalari ham faol qatnashib, fakultet hamda TTJ atroflarida kichik bog’lar tashkil eitilishda o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Hozirga qadar 20 dan ortiq sosna daraxti ko’chatlari, 120 dona mevali daraxt ko’chatlari hamda 20 dona manzarali gul ko’chatlari o’tqazildi. – “Daraxt ekish ulug’ va savobli ish, daraxtlarning parvarishi ham vaqtida olib borilishi kerak…. Bugun ezgu maqsadlar bilan navbatdagi ko’chat ekish ishlariga kirishilmoqda. Kuz ob-havosi bugungidek iliq bo’lib tursa, daraxt ekish tadbirlarini bir maromda davom ettiramiz. Erta ko’klamga qadar mingdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekib, xayrli ishga o’z hissamizni qo’shamiz…”-deydi fakultet dekani, prof. I.Kamolov.