loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«YOSH KITOBXON» TANLOVI MAHALLA BOSQICHI

  Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida Respublikamiz bo‘ylab “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovI o‘tkazib kelinmoqda. Navoiy shahri “Janubiy” MFYda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining mahalla bosqichi “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakulteti talabalari ishtirokida o‘tkazildi. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qatʼiy nazar 10 yoshdan 30 (10-14, 15-19, 20-30) yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.