loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

SHHTning va unga aʼzo har bir davlatning farovonligi va ravnaqiga xizmat qiladigan taklif hamda tashabbuslari bilan kutib olishga tayyor

 Samarqand shahri jahonning 14 ta mamlakati yetakchilarini SHHTning va unga aʼzo har bir davlatning farovonligi va ravnaqiga xizmat qiladigan yangi va ilgʻor taklif hamda tashabbuslari bilan kutib olishga tayyor.

Shuningdek, Prezident ushbu afsonaviy shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixida muvaffaqiyatning yana bir sahifasini ochishiga shubha yoʻqligini taʼkidlagan. “Azal-azaldan Samarqand turli gʻoya va bilimlar «qaynagan” makon boʻlib, bu maskanda insoniyatning tinch va farovon yashash, oʻz kuch va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, baxtli hayot kechirish kabi mushtarak maqsadlari mujassam boʻlgan. Bu tabarruk zaminda yashaydigan har bir odam, yaxshi qoʻshni – bu Xudo insonga ato etgan baxtning bir boʻlagi ekanini, tinch-totuv qoʻshnichilik esa barakot manbai ekanini chuqur anglagan. Zero, hamkorlik, savdo, ijod, ilm-fan va sanʼat, insoniy gʻoyalar ustuvor boʻlgan joyda ezguliklar koʻpayadi, xalqlar farovon va oʻzaro ahil yashaydi», — deyiladi maqolada.

Ishonchimiz komilki, Shanxay hamkorlik tashkilotining boʻlajak sammitida qabul qilinadigan qarorlar mintaqaviy darajada ham, global miqyosda ham muloqot, oʻzaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshadi, — deb yakunlangan maqola. Bugun Oʻzbekiston yoshlari ayniqsa, talabalar ushbu sammitda ular hayotida qanday oʻzgarishlar sodir boʻlishiga juda qiziqish bilan eʼtibor qaratmoqdalar. Ona sayyoramizning nurli kelajagiga sababchi boʻlajak sammit ishiga muvaffaqiyat tilaymiz.

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor,

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati Bahodir Sobirov.