loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni

  Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti katta o‘qituvchisi D.Murtazayev tomonidan viloyat Qo‘riqlash boshqarmasida “Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni” mavzusida huquq – tartibot organlari hodimlarining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savdodxonligini oshirish yuzasidan targʻibot tadbiri tashkil qilindi.

    

Savol-javob va muhokamaga boy bo‘lgan mazkur tadbirda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritilib, amaldagi qonunchilik normalari tahlil etildi. Muloqot davomida konstitutsiyaviy loyihada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo‘shish taklif etilayotganligi, ular “inson-jamiyat-davlat” printsipiga asoslangan bo‘lib, milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettirishi va amaldagi Konstitutsiyamizning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutayotgani haqida ma’lumot berib o‘tildi.