loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo’shimcha qabul ko’rsatkichlari taqsimoti

   Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo’lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, 25 yoshgacha bo’lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to’lmagan) uchun qo’shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlarining OTMlar va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

 Unga ko’ra, ular uchun respublika bo’yicha jami 1 ming 809 ta qo’shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

  •  kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 230 ta;
  •  sirtqi ta’lim shakli uchun – 446 ta;
  •  kechki ta’lim shakli uchun – 99 ta;
  •  masofaviy ta’lim shakli uchun – 34 ta.

ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo’nalishga ham o’tadi. Oddiy holatda faqat birinchi yo’nalishga taalluqli bo’lar edi, ammo ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o’tishi belgilangan.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo’nalishlar yo’q-ku?

Imtiyozli kvota yo’nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo’ladi?

Masalan, Texnika universitetining kunduzgi shaklida ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar uchun 41 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, shu toifadagi 100 nafar abiturient TDTUga topshirgan. Ular turli yo’nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.

Yo’nalishidan qat’i nazar, mana shu 100 nafar abiturientlar orasida eng ko’p ball to’plagan 41 nafar abiturient davlat granti asosida qo’shimcha kvotaga o’qishga kiradi. Qolgan 59 nafar ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar esa o’zi to’plagan bali bo’yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

❓Bu toifadagilarga ball qo’shib beradimi?

Yo’q, hech qanaqa ball qo’shib berilmaydi.

Batafsil: Mehribonlik uyi va bolalar shaharchasi - 2022