loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasining muhokamalariga bag’ishlangan tadbir

     Navoiy davlat pedagogika institutida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Navoi viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Inson qadri” onlayn platformasi taqdimoti hamda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonun loyihasining muhokamasiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirni Yuksalish umumilliy xarakati Navoi bo‘linmasi raxbari G’ofur Aliev ochib berdi va tadbir davomida unga moderatorlik qildi. Bundan tashqari, tadbirda viloyat xokimligi, viloyat Kengashi deputatlari, boshqarma va idoralar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari, tadbirkorlar nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirda Navoi viloyati AOKA boshqarmasi rahbari Dilshod Mamaradjabov, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bo‘lim boshlig’i Farrux Hakimov va Navoiy davlat pedagogika instituti prorektori Xurshid Qurbonov o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Taqdimot davomida Markaz vakili tomonidan portalning ishlash mexanizmi va undan kutilayotgan natijalar to‘laqonli yoritib berildi. Jumladan, “davlatdasturi.uz” onlayn platformasi orqali Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining ijrosi to‘g’risidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilik tomonidan kuzatib borish imkoni yaratilganligi, aholi Davlat dasturining ijrosi yuzasidan o‘z fikr, taklif va e’tirozlarini bildirishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Institut birinchi prorektori Xurshid Kurbonov mustaqillik yillarida, ayniqsa Harakatlar strategiyasi va Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga muljallangan Taraqqiyot strategiyasida inson qadri va inson omili islohotlarning bosh mezoniga aylanganiga e’tibor qaratdi. Shu nuqtai nazardan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan inson qadri onlayn platformasining xalq bilan davlat muloqotini ta’minlashdagi o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Konstitusiyaviy qonun loyihasida fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini, xususiy mulkchilikni, iqtisodiy faoliyatning erkinligini himoya qilishga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi aytib o‘tildi. Tadbir so‘nggida «Inson qadri» onlayn portali va Konstitusiyaviy qonun loyihasi, tadbir ishtirokchilari tomonidan qizg’in muhokama qilindi va bildirilgan fikr va mulohazalar o‘rganib chiqilishi ma’lum qilindi.