loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomdor davlat stipendiyalariga nomzod iqtidorli magistrant va talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomdor davlat stipendiyalariga nomzod iqtidorli magistrant va talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

   

Uchrashuvda rektor maslahatchisi Bahodir Abdullaev, ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor I.Nasriddinov, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘lim boshlig’i A. Hoshimovlar nomzodlarning hujjatlari onlayn platforma orqali rasmiylashtirilishi haqida gapirdilar. Nomzodlarga davlat stipendiyalariga tanlov jarayonlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi maxsus komissiyasi tomonidan, zamonaviy axborot-telekommunikasiya texnologiyalari asosida shaffoflikda o‘tkazilish va korrupsion holatlarga o‘rin yo‘qligi haqida tushuntirildi hamda institut rahbariyati muvaffaqiyat tilab, ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi uchrashuvda ta’kidlab o‘tildi.