loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Yangi O’zbekistonni o’zimiz, o’z qo’limiz bilan bunyod etamiz» tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi

 Navoiy davlat pedagogika institutida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo’nalishida tahsil olayotgan talabalari o’rtasida “Yangi O’zbekistonni o’zimiz, o’z qo’limiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida o’tkazilayotgan tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Tadbirda olti nafar ishtirokchi talaba mavzu bo’yicha esse yozdi.

Tanlov natijalariga ko’ra, NavDPIning o’zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Umida Rahmonova viloyat bosqichining g’olibiga aylandi. 2-o’rin institutimizning Chet tillar fakulteti talabasi Nodira Qayumovaga nasib etdi. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universitetining kimyo-metallurgiya fakulteti talabasi Chinora Ravshanova esa 3-o’rin sohibi bo’ldi.

G’oliblarga mazkur tanlovning respublika bosqichiga yo’llanmalar taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilar va ularning rahbarlariga Kasaba uyushmalari Federasiyasi viloyat kengashi va Navoiy davlat pedagogika institutining qimmatbaho sovg’alari topshirildi.