loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Mahalla va institut hamkorligi

  Prezidentimizning «Sog’lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoniga asosan, Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy shahar «Janubiy» hamda «Zarafshon» MFY hamkorligida tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Reja-grafik asosida mahallalardagi uyushmagan yoshlar hamda Fizika va texnologik ta’lim va Matematika-informatika fakultetlari talabalari o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha musobaqalarning navbatdagi bosqichchi o’tkazildi. Musobaqalar o’rnatilgan tartibda olib borilib, g’olib va o’yin peshqadamlariga institut, mahalla, hamda homiylarning qimmatbaho sovg’a va sovrinlari «Sport oyligi» yakunida topshiriladi.