loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

SAXOVAT VA KO‘MAK UMUMXALQ HARAKATI– MILLIY QADRIYATLAR SINOVI

  Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish maqsadida O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi, Nаvoiy dаvlаt pedаgogikа instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda Alisher Navoiy nodir merosini targ‘ibot markazi jamoat birlashmasi hamkorligida «Saxovat va ko‘mak umumxalq harakati – milliy qadriyatlar sinovi» mavzusida seminar-tadbir o’tkazildi.

      

Tadbirda so’z olganlar “Navoiyning ijtimoiy faoliyati va mehr-saxovat ishlari”, “Saxovat va ko‘mak umumxalq harakati: davlat va xalq qudratining amaliy ifodasi”, “Muruvvat barcha bermakdur…”, “Navoiy «Xamsa»sidagi saxovat tushunchalarining talqini”, “Navoiy asarlaridagi mehr, saxovat tushunchalarining lingvistik xususiyatlari” hamda «Navoiy ijodida komil inson obrazi” mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Shundan so’ng, seminar mavzusi yuzasidan o’tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Fakultet professor-o’qituvchi va talabalari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.