loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

12 aprel — Butunjahon aviasiya va kosmonavtika kuni

   Bugun, 12 aprel sanasida butun dunyo Aviasiya va kosmonavtika kunini nishonlaydi. Bu unutilmas sana insonning koinotga birinchi parvozi, ilm-fanning mislsiz g’alabasi bilan bog’liq. Navoiy davlat pedagogika institutida 12 aprel — Butunjahon aviasiya va kosmonavtika kuni munosabati bilan turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri — Fizika va texnologik ta’lim fakultetida «STEM» fizika klubi faoliyati doirasida o’tkazilayotgan ilmiy amaliy seminar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati «Barkamol avlod» bolalar maktabi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida seminar o’tkazildi.

    

«Kosmonavtika fanining zamonaviy ta’limda tutgan o’rni», «Astronomiya fani doirasida erishilgan yutuqlar», «»STEM» salohiyatni rivojlantirishning hozirgi holati» kabi masalalar bo’yicha fikr-mulohazalar qilindi.Seminar doirasida talabalar tomonidan yasalgan fizika va astronomiya fani bilan bog’liq ko’rgazma namoyishi bo’lib o’tdi.

Tadbir so’ngida faol ishtirokchilar institut rahbariyati va dekanat tomonidan taqdirlandi.