loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navroʼz – yangilanish, mehr – oqibat va qadr – qimmat ayyomi

  Navoiy davlat pedagogika institutida Navroʼz umumxalq bayrami koʼtarinki rux, xush kayfiyat bilan nishonlanmoqda. Bugun, 19 mart sanasida Navoiy davlat pedagogika institutida bayram tadbiri oʼtkazildi. Tadbirda ishtirok etgan institut rahbariyati, professor-oʼqituvchi va tьyutorlari hamda talaba-yoshlar bayram shukuhini his qilishdi. Diltortar taronalar, kuy-qoʼshiq va raqslar barchaga oʼzgacha kayfiyat ulashdi. Tadbir avvalida Oʼzbekiston madhiyasi yangradi. Shundan soʼng, institutimiz rektorining bayram tabrigini prorektor I.Nasriddinov yetkazdi. Shuningdek, soʼzga chiqqan institut rahbariyati barchani yangilanish, yasharish ayyomi — Navroʼz bayrami bilan samimiy muborakbot etdi.

Bayram tadbiri doirasida Xalqaro turnir va musobaqalar hamda «Rektor Kubogi» sport musobaqalari gʼoliblarini taqdirlash marosimi oʼtkazildi.

    



    



     



Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, dekan muovinlari hamda tьyutorlari tashabbusi bilan sportchi talabalarni taqdirlash, ularga «motivatsiya» berish maqsadida — Xalqaro turnir va musobaqalar hamda «Rektor kubogi» sport musobaqalari gʼoliblarini taqdirlash marosimi oʼtkazildi.

Respublika va Jahon chempionatlarida ishtirok etib, gʼolib boʼlgan sportchi talabalar;

«Rektor kubogi» sport musobaqalarida faol ishtirok etganlar va gʼoliblikni qoʼlga kiritganlar;

Olimpiada va nufuzli musobaqalar gʼoliblari taqdirlandi.

Sportchi yoshlar va ularning ota-onalariga institut tomonidan maxsus diplom, qimmatbaho sovgʼalar (televizor, noutbuk, planshet) va boshqa esdlik sovgʼalari hamda medallar topshirildi.