loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Korrupsiyaga qarshi kurash – davr talabi

  Navoiy davlat pedagogika instituti Sanʼatshunoslik fakultetining professor-oʻqituvchi va talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash-davr talabi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suxbatida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komlayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan talabalarga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olishda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash kerakligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Shuningdek, mazkur fakultetda faoliyat koʻrsatib kelayotgan professor-oʻqituvchilar, tyutorlarga 2021-yil 15-sentyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining jinoyatga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi muhokama qilinib, institut hududida “Korrupsiyasiz soha” mavzusidan kelib chiqqan holda, poraxoʻrlik, taʼmagirlik, firibgarlik, guruhbozlik, tanish-bilishchilik, mahalliychilik illatlariga yoʻl qoʻyilmasliklari yuzasidan taʼkidlab oʻtildi.

Tadbir soʻnggida fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.