loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika instituti oʻqituvchilari va talabalari Xalqaro Sertifikat sohibi boʻlishdi

  2021-yil 18-oktabrdan 2021-yil 31-oktabrgacha Xitoy Savdo vazirligi homiyligida va Zhejiang Provinsiyasi Erkin savdoni rivojlantirish kengashi tomonidan tashkil etilgan “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha seminar”ni muvaffaqiyatli yakunlagan Navoiy viloyat “Kelajak liderlari” klubi aʼzolariga Xitoy Xalq Respublikasidan Xalqaro Sertifikatlar yetib keldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat filiali tomonidan Sertifikatlar oʻz egalariga topshirildi. Ular orasida Navoiy davlat pedagogika instituti dekan oʻrinbosari Nodirbek Umarov, institut oʻqituvchisi Elvera Tursunnazarova, yoshlar yetakchisi Akmal Zokirov, magistrantlar Merey Omonboyeva, Rustam Rasulov, talabalar Kumush Raxmonova, Akrom Tojiyev, Muhammad Jabborov, Sherzod Kazakbayevlar ham bor.