loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Respublika miqyosida tashkil qilingan onlayn notiqlik tanlovi g’oliblari aniqlandi

 NavDPIda Respublika miqyosida tashkil qilingan onlayn notiqlik tanlovi g’oliblari aniqlandi.

23 ta OTMdan 135 nafar ishtirokchi qatnashgan onlayn tanlovda hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Sa’dullayev A’zamjon (103-ishtirokchi), 2-o‘rinni G‘aniyeva Gulasal (128-ishtirokchi ), 3-o‘rinni esa Tursinbayeva Umida ( 98-ishtirokchi) qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha “Eng yaxshi ovozli nutq” 48-ishtirokchi U.Sobitov, “Verbal va noverbal ta’sir uyg‘unlashgan nutq” 93-ishtirokchi R.Rasulov, “Ilm va inson qadri ulug‘langan nutq” 4-ishtirokchi S.Temirov, “Eng yaxshi analitik nutq” 80-ishtirokchi N.Amonova, “Eng yaxshi konstruktiv nutq” 118-ishtirokchi A.Tojiyev, “Eng yaxshi falsafiy nutq” 95-ishtirokchi N.Shonazarova,“O‘ziga xos yondashilgan nutq” 61-ishtirokchi M.Rahimova g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. G‘oliblarning sovg‘alari an’anaviy o‘qish boshlanganda taqdirlash marosimida topshiriladi. Ishtirokchilarning barchasiga elektron Tashakkurnoma taqdim etiladi