loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Taʼlim krediti — yoshlar uchun imkoniyat!

  Oliy taʼlim muassasalari talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 18-avgustda “Oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorda Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari va qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat hamda magistraturada tahsil olayotgan talabalarga Markaziy bankning asosiy stavkasi (14 foiz) miqdorida taʼlim krediti ajratilishi belgilandi.

Taʼlim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va toʻlash oliy taʼlim tashkilotiga mablagʻlar oʻtkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Batafsil maʼlumotlarni https://yoshlarportali.uz/oz platformasidan ushbu havola orqali topishingiz mumkin. Moliya vazirligi taʼlim krediti olish uchun banklar roʻyxati va murojaat uchun telefon raqamlarni ham eʼlon qilgan.

P/s: Aytaylik, 2-kursda oʻqiyotgan, yillik kontrakt toʻlovi 10 mln. soʻm boʻlgan talaba taʼlim krediti olsa, kredit foizini (hozirda 14%) oʻqish davomida oyma-oy toʻlab boradi. 10 mln. soʻmning 14 foizini (1,4 mln. soʻmni) bir yilda toʻlansa, bir oyga 117 ming soʻmdan toʻgʻri kelmoqda. Qolgan asosiy qarzni (10 mln soʻmni) talaba oʻqishni bitirgandan keyin, oradan 7 oy oʻtib (bu vaqt davomida bemalol ishga kirishga ham ulguradi) 7 yil davomida toʻlashi mumkin. Shunda bir oyga 119 ming soʻmdan toʻgʻri kelmoqda.

Ota-onasi rasmiy ishda ishlamaydigan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirmagan oilalar talabalari kafil topishda qiynalishadi, sirtqi yoki kechki taʼlim shaklida oʻqiydigan talabalar esa ushbu taʼlim kreditini ololmaydi.

yoshlarportali.uz