loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzruenВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzruenВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

    Maʼlumki, 1993-yil 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb eʼlon qilindi. Vatan himoyachilari kunini koʻtarinki va taʼsirchan ruhda, haqiqiy xalq bayrami sifatida, yangicha shaklda tashkil etish maqsadida Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 21-noyabr “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-4  farmoyishi qabul qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Armiya va xalq – bir tanu bir jon!” degan olijanob gʻoya va amaliy harakat barcha boʻgʻindagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan yaqqol dalolat beradi” deb aytgan gaplarida ham Qurolli Kuchlarimizning xalq bilan har qachongidan ham yaqinligini anglashimiz mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga boʻlgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni taʼminlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy viloyat mudofa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda “Vatanga ximzmat-oliy fazilat”, “Armiya va xalq – bir tanu bir jon” mavzularida tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga boʻlgan ishonch hissini oshirish,  yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni taʼminlash shuningdek ularda ota-ona, oilaga, qolaversa Vatan oldidagi javobgarliklarini oshirishga qaratilgandir.

Yurtimizda Vatan himoyasi kabi sharafli ulugʻvor ishga oʻzini bagʻishlagan harbiylarimiz, nafaqadagi faxriylarimiz katta hurmat va eʼzoz bilan qadrlanib, har yili “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan oʻtadi. Bu kabi eʼtibor va eʼtirof masʼuliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bagʻishlaydi.

Albatta, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari boʻlgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan halqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Bugungi kunda dunyoning turli joylarida keskin tus olayotgan vaziyatda, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavf-xatarlari barchamizni ogoh boʻlishga chaqiradi va Qurolli kuchlarimizdan esa yuqori darajadagi jangovar qobiliyatni mustahkamlashni talab etadi. Soʻnggi yillarda davlatimizda harbiy-siyosiy masalalarda ham tubdan islohotlar amalga oshirilib, milliy armiyamiz har qanday tahdidlarga munosib zarba beradigan jangovor qudrati yildan yilga oshib bormoqda.

Bundan tashqari, har bir harbiy xizmatchining bilimi, malakasi hamda ruhiy tayyorgarligi oshirilib borilmoqda.

Biz bilamizki azal-azaldan harbiylik  kasbi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli kasb sifatida sanalib kelingan. Mashaqqati shundaki, vatanimizning tinchligi va osoyishtaligi uchun barcha masʼuliyat harbiylarimiz zimmasiga tushadi. Ular kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay, qahraton sovuqqa ham, jazirama issiqqa ham bardosh berib vatanimiz tinchligini, uning sarhadlarini qoʻriqlab kelishmoqdalar.

Mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, armiya va xalq birligini taʼminlash borasida joylardagi davlat hokimiyati organlarining rolini oshirish boʻyicha ishlar butunlay yangi sifat bosqichiga koʻtarildi.

Bugun biz, milliy armiyamiz harbiy vatanparvarlik, harbiy qurilish va harbiy sanoat sohasida dunyodagi eng yaxshi tajribalarni qoʻllagan holda, chegaralarimiz xavfsizligini taʼminlashning ishonchli kafolatiga aylandi deb gʻurur bilan ayta olamiz. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining tayanchi va suyanchi boʻlgan zamonaviy harbiy xizmatchilar timsolida biz avvalambor chuqur bilim va intellektual salohiyatga, oʻz muqaddas harbiy burchini bajarish yoʻlida qatʼiy iroda va mustahkam tayyorgarlikka ega boʻlgan, ona yurtimizga sadoqatli, mard va fidoyi insonlarni koʻramiz hamda ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Navoiy davlat pedagogika instituti

ARM direktori    Xamza Artikov