loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Besh tashabbus biz bilan

  Institutning “Fizika va texnologiya taʼlim” fakulteti “Texnologik taʼlim” kafedrasida dotsent Sh.Ochilov tomonidan maxoratli “Ochiq darslar” tashkil etilib namunali tarzda oʻtkazib kelinmoqda. Bugungi dars “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” deb nomlandi. Umumtaʼlim maktablaridan kelgan tinglovchi-oʻqituvchilar institut faoliyati bilan tanishtirildi. Namunali ochiq darslarga kirib bilimlari va koʻnikmalarini oshirishdi “Besh tashabbus biz bilan” deb nomlangan, noanʼanaviy texnologiyalarga asoslangan darslar qiziqarligi va mazmunligi bilan talabalar hamda professor-oʻqituvchilarning eʼtiborini jalb qildi.
Shundan soʻng keng, koʻrgazmali vositalar bilan yaxshi jihozlangan xonada darslar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻldi. Tashkiliy qismda “Texnologik taʼlim” kafedrasi mudiri Sh.Ochilov pedagoglarga amaliy seminarning mazmuni haqida gapirdi. Tinglovchi-oʻqituvchilar ishtirokidagi psixologik trening ham yaxshi kayfiyat bahshladi. “Pedagoglarimiz doimo maʼnaviy boy boʻlishga intilib kelganlar. Chunki maʼnaviyat shunday bir ummonki, har bir pedagog undan kuch-qudrat olib, ilhomlanib, tafakkur imkoniyatlarini ijodiy boyitishi mumkin. Vatanni sevish, millatidan gʻururlanish, maʼnaviy merosimizni chuqur oʻrganish va oʻrgatishda pedagoglarimiz “Mening tajriba va malakalarim, oʻz kasbimga boʻlgan munosabatim qay darajada?”, “Hozirgi taʼlim talablariga javob bera oladigan mukammal bilim va salohiyatga egamanmi?” kabi savollar atrofida mushohada yuritishi zarur”-deydi “Texnologik taʼlim” kafedrasi mudiri Sh.Ochilov.