loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

TALABALAR TURAR JOYIDA DAVRA SUHBATI

   Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar boʻyicha oʻrinbosari Yusuf Absoatov Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Yotoqxonalardagi shart-sharoitlar oʻrganildi. U yerda istiqomat qilayotgan nogironligi  boʻlgan va faol talabalar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar va ularning kayfiyatlari oʻrganildi hamda dildan suhbat qurildi. Shuningdek, vazir oʻrinbosari vazirlikning moddiy ragʻbati hamda kitoblarini ulashdi. Shu oʻrinda talabalar ham minnatdorchiliklarini bildirib, oʻz ijod namunalarini namoyish etishdi.