loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati

    Yangi yil yaqinlashgani sayin odamlarda pirotexnika vositalarga boʻlgan qiziqish kuchayadi. Bu, garchi taqiqlangan boʻlsa-da, pirotexnika vositalari savdosi paydo boʻlishiga olib keladi. Shu kunlarda yon-atrofda pirotexnika vositalari faol ishlatilayotgani, yaʼni paqildoqlar ovozi koʻpayib qolgani kuzatilmoqda. Eng yomoni, ushbu vositalarning yoshlarimiz sogʻligʻiga, hayotiga xavf tugʻdirishidir. Aksariyat holatlarda ushbu buyumlarni oʻsmirlar va yosh bolalar sotib olib, koʻchalar va boshqa jamoat joylarida toʻsatdan portlatishadi. Buning oqibatida yoʻlovchilar, ayniqsa keksalar choʻchib ketishadi, ularning asabi buziladi. Baʼzi paytlarda esa tan jarohati olish, yongʻin kelib chiqishi, hatto boshqalarning oʻlimi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar ham yuz berishi mumkin. Vaholanki, pirotexnika buyumlarini sotuvchilar buni, qolaversa mazkur yuqori potensial xavfga ega boʻlgan vositalar birinchi navbatda ularni ishlatuvchi bolalar va oʻsmirlar uchun jiddiy tahdid tugʻdirishini yaxshi bilishadi. Shunga qaramasdan oʻzlarining moddiy manfaatlarini boshqalarining sogʻligʻi, hatto hayotidan ustun qoʻyishadi. NavDPI “Fizika va texnologik taʼlim” fakulteti talabalariga, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 185-moddasiga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi, Jinoyat kodeksining 250-moddasida esa bunday qilmishlar sodir etganlar uchun uning kim tomonidan sodir etilgani va qanday oqibatlarga olib kelganligiga qarab turli jazo choralari, jumladan, sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanishi koʻzda tutilganligi toʻgʻrisida tushintirish ishlari olib borildi.