loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Sportchi talaba yoshlarimiz bilan faxrlanamiz

 

   “Aytaylik, sportcha yurish, yugurish, turnikda tortinish yoki velosport, basketbol, badminton, stol tennisi bilan shugʻullanish uchun oddiy yoʻlak, nari borsa kichik maydoncha kifoya. Oldinlari OTMlarida ana shu sport turlari bilan shugʻullanish uchun ham yetarlicha sharoit boʻlmagan. Bugun institutimizning qaysi fakultetiga kirsangiz sport maydonchalari borligiga yoki qurilayotganiga guvoh boʻlasiz. Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda institutimizning, havaskor va professional sportchilar oʻrtasida musobaqalar, sport tadbirlari tashkil etilayotgani haqida xabarlarni oʻqishingiz mumkin. Ommaviy yugurish, toʻrt-besh ming qadam piyoda yurish, velomarafonlar oʻtkazish, musobaqalarda ishtirok etish yaxshi anʼana tusini olgan. Sportchi talaba yoshlarimizning jaxon arenalarida erishib kelayotgan muvoffaqiyatlari bilan faxrlanamiz.”- deydi institutning “Jismoniy madaniyat” fakulteti dekani A.Nurillayev, fakultetning yangidan bezalayotgan  kirish joylarini tanishtirish jarayonida.