loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Munozara” intellektual turnirining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi

 

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Oʻzbekiston yoshlari forumi-2021” oyligi doirasida “Munozara” intellektual turnirining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobilyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Munozara” intellektual turnirida viloyatning 2 ta oliygoh talaba yoshlaridan tashkil topgan 10 ta jamoa oʻzaro bellashishdi. Bahslar, jiddiy fikrlar, qarama-qarshi ijobiy raqobat «Munozara» da tinglandi. Yakuniy natijalarga koʻra, 2 ta jamoa viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.