loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Hazrat Mavlono Orif Deggaroniyning maʼnaviy merosi mavzusida viloyat seminari

 

  Joriy yilning 24-noyabr kuni viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tashabbusi bilan «Hazrat Mavlono Orif Deggaroniyning maʼnaviy merosi» mavzusida viloyat seminari boʻlib oʻtdi. Seminarni viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari A.Muqimov olib bordi.
Seminarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari Muhammadjon Quronov, viloyat hokimi maslahatchisi Doʻstmurod Haqnazarov, Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, «Buyuk valiy, ulugʻ alloma, atoqli tarbiyachi Hazrat Mavlono Orif Deggaroniy hayoti va faoliyati haqida» kitob mualliflaridan biri — Anvar Qandaxorov, Mavlono Orif Deggaroniy masjidi imomi Saydullo Bobonazarovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirda 70 dan ortiq Karmana tumanidagi umumtaʼlim maktablarining pedogog-oʻqituvchilari, tarixchi olimlari ishtirok etishdi. Tadbir soʻngida viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tomonidan tadbir ishtirokchilariga «Buyuk valiy, ulugʻ alloma, atoqli tarbiyachi Hazrat Mavlono Orif Deggaroniy hayoti va faoliyati haqida» nomli kitobi sovgʻa qilindi. Tadbir koʻtarinki ruhda hamda savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.