loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Xurshid Raupovichni yuksak eʼtirof bilan samimiy qutlaymiz

 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, Navoiy davlat pedagogika institutining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektor Qurbonov Xurshid Raupovich yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishdagi samarali mehnati va ibratli faoliyati uchun “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda institutimiz rektori Baxodir Sobirov,  Navoiy viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi Akrom Muqimov, prorektorlar va dekan muovinlari hamda talabalar ishtirok etishdi.

 

Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi Xurshid Raupovichni yuksak eʼtirof bilan samimiy qutlaydi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilab qoladi!