loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi

   

   “Oliy taʼlim sifatini takomillashtirishda rakamli texnologiyalar va innovatsiyalarning oʻrni” mavzusida Xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 78-F-sonli farmoyishi asosida tashkil etilgan mazkur konferensiyada:

• Fan va akademik taʼlim sifatini oshirishda innovatsiya va raqamli texnologiyalarning oʻrni.
• Markaziy Osiyo xalqlari ilmiy-madaniy merosining sivilizatsion mohiyati: zamonaviy ilmiy va innovatsion yondashuvlar
• Oliy taʼlimda aniq tabiiy fanlar oʻqitilish sifatini takomillashtirishda innovatsiyalarning oʻrni
• Ijtimoiy –gumanitar fanlarning akademik sifatini oshirishda rakamli texnologiyalarning oʻrni kabi masalalar tahlil etildi.

Konferensiya ishida AQSH, Rossiya, Malayziya, Hindiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Bolgariya, Azarbayjon kabi 9dan ortiq davlat olimlari ishtirok etishdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi – Oliy taʼlim sifatini takomillashtirishda raqamli texnologiya va innovatsiyalarning oʻrni va strategik akademik ahamiyatini ochib berish. Shuningdek, xalqaro reytingi yuqori universitetlar tajribasini oʻrganish va amalga joriy etishning effektiv mexanizmlarni yaratish boʻyicha takliflar muxokama qilindi.

Xalqaro ilmiy konferensiya ishida oʻzining ilmiy dokladlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi direktori Shovosil Ziyodov, AQSHning Xofstra Universiteti professori tarix fanlari doktori Elyor Karimov, Buxoro Mir Arab Oliy madrasasi rektori Xaydarxon Yuldoshxoʻjayev, Oʻzbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri falsafa fanlari doktori, professor Shaxnoza Madayevalar ishtirok etdilar.

Konferensiya ishida onlayn ishtirok ethan doimiy hamkorlarimiz Belorusiyaning Mozer davlat universiteti rektori Valeriy Nikolayevich, Rossiyaning Sankt- Piterburg Yevro Osiyo parlamenti universiteti kafedrasi mudiri Olga Vasilyevnalar ishtirok etishdi.