loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Yashil makon» umummilliy loyihasi asosida institut jamoasi faol ishtirok etmoqda

     “Yashil makon” umummilliy loyihasida Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi faol ishtirok etmoqda. Bugungi kunda yashil olamni saqlash va koʻpaytirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Prezidentimiz tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surildi. Erta tongdan Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Baxodir Sobirov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” aksiyada ishtirok etib, manzarali daraxt koʻchatini oʻtqazdi.

Mazkur loyihada institutning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifi ishlar boʻyicha prorektori Xurshid Qurbonov, fakultet dekanlari va dekan muovinlari, tyutorlar, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar hamda koʻngilli talabalar ham faol ishtirok etdi.