loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Targʻibot poyezdi” Navoiyga keldi

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida talabalarning faol ishtirokini taʼminlash, saylovga oid bilimlarini rivojlantirish hamda ularga vatanimiz ravnaqi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targʻibot poyezdi” loyihasiga start berildi.

“Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Targʻibot poyezdi” loyihasi doirasida talabalarga saylov yangiliklari, unga kiritilgan oʻzgarishlar, saylov toʻgʻrisida qabul qilingan kodeks boʻyicha muloqot boʻlib oʻtdi. Toshkent shahridan kelgan bir guruh professor-oʻqituvchilar boshchiligidagi iqtidorli talabalardan iborat targʻibot guruhi OTM talaba-yoshlariga saylov oldi bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etadi. Targʻibot tadbirlari fakultetlar kesimida oʻtkaziladi.