loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

  Pragmatik tashqi siyosat – bu amaliy manfaatlarga asoslangan, puxta oʻylangan reja asosida koʻzlangan maqsadni roʻyobga chiqarishni nazarda tutuvchi siyosat. Pragmatik tashqi siyosatda samarasiz natijalardan kerakli xulosalar chiqariladi va doim belgilangan rejaga muvofiq harakat qilinadi. Pragmatik siyosat bu koʻzlangan rejalar va loyihalar tizimini amalda foydali natijalarga erishish nuqtai nazaridan quradigan siyosatdir. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-16-iyul kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada mintaqalar oʻrtasidagi munosabatlarda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va oʻzaro sarmoyalarni koʻpaytirishni ustuvor vazifa deb atagani ham eʼtiborga molikdir. Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ikki mintaqa davlatlari oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlik va kooperatsiyani chuqurlashtirish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish boʻyicha yillik mintaqalararo forum tashkil qilishni taklif etishi Oʻzbekiston iqtisodiy diplomatiyasini kelgusida bu yoʻnalishda ham jadal ishlashini anglatadi.