loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Tabiiy fanlar hamda Sanʼatshunoslik fakultetiga biriktirilgan maktablarni oʻrganishdi

  Karmana tumanidagi 12-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida joriy yilning 25-mart kuni Biologiya oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent M. Yuldashov hamda fakultetning professor-oʻqituvchilari PhD U.Baxodirova va D. Yaxshiboyevalar ishtirokida kafedra soati tadbiri oʻtkazildi. Maktabning pedagogik jamoasiga “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash va taʼlim-tarbiya jarayonini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish” mavzusida maʼruza qilinib, tushuntirish ishlari olib borildi.  Shuningdek, professor-oʻqituvchilar tomonidan “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida darslarni oʻtishda virtual laboratoriyalardan foydalanish” boʻyicha “master klass” va maktab oʻquvchilariga “Qushlarning skeleti va muskullari” mavzusida dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Shu kabi tadbirlar Xatirchi tumani 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil qilindi. Sanʼatshunoslik fakultetining professor oʻqituvchilari “Kafedralar soati” mavzusida seminar va ochiq muloqot tashkil etishdi. Maktab oʻqituvchilariga joriy oʻquv yilida maktabni bitirayotgan oʻquvchilar bilan ishlashdan tashqari maktabning boshlangʻich sinflaridan boshlab toʻgaraklar tashkil etish, ularni yoshligidan kasbga, fanga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish va institut jamoasi ularga metodik va amaliy yordam berishlari taʼkidlandi. Shuningdek, seminarda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi metodisti Y. Baxriddinov, Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi kafedrasi oʻqituvchilari Sh. Bobonazarov va I. Gadoyevlar oʻz fikr mulohazalarini bildirib oʻtishdi.