Xalqimizning yordamga muhtoj, mehr-oqibat, ularga har tomonlama ko‘maklashishdek olijanob fazilatlari va milliy bayramlar munosabati bilan o‘tkazib kelinayotgan turli tadbirlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Institutning Tarix fakulteti, Maktab menejmenti yo‘nalishining 2-kurs talabalari hamda o‘qituvchi S. Sheraliyeva boshchiligida bu safargi xayrli amalni Karmana tumanidagi 25-sonli Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida davom ettirdilar. Savobli ishga qo‘l urgan talabalar maktab-internati tarbiyalanuvchilariga Navro‘z bayrami munosabati bilan sovg‘a-salomlar ulashdilar.