loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan institut rektorining TABRIGI

Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.
Sen O‘rgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.
Xazinasan, kalbing mehr daryosi,
Unda porlar ulug‘larning ziyosi.

Assalomu alaykum, Muhtarama ayollar, aziz opa-singillar, munis onaxonlar, pedagog xotin-qizlarimiz !
Sizlarni 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan chin qalbimdan, shaxsan o‘z nomimdan va rahbariyat tomonidan tabriklayman.
Sizlarga eng ezgu tilaklarni yo‘llab, YAratgandan sihat-salomatlik, baxt-saodat va farovon hayot nasib etishini tilayman.
Bugungi tinch va farovon mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy hayotida munosib o‘rin topayotgan, yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq faovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ayollarimiz ko‘p. Sizlar ham aynan ana shu qatordasizlar.
Institutimizda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning, talabalarimizning aksariyatini xotin-qizlar tashkil etadi. Kelajak avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda, ta’lim berishda munosib o‘rningiz, kasb-koringiz bor.
“Uchinchi renessans” ostonasini yaratishda maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, oliy ta’lim, tadqiqot institutlari rivojida Sizning hissangiz alohida.
Institut rahbariyati hamda jamoasi Siz kabi munis xotin-qizlarimiz bilan hamisha fahrlanamiz, g‘ururlanamiz.
Darvoqe, Davlatimiz rahbarining qarorlari bilan 2020 yilda Omonboeva Merey, 2021 yilda Ibodullaeva Nafisa qizlarimizning “Zulfiya” nomidagi yuksak Davlat mukofoti bilan taqdirlangani hammamizni quvontirdi, albatta. Bu ulkan yutuq barchamizni yanada ahil, jips, hamkor va hamfikr bo‘lib ishlashimizga yangi kuch, yangi imkoniyatlar yaratib berdi.
Bu mukofot bilan institutimizning hukumat va shaxsan davlatimiz rahbarining nazariga tushish YAratgandan inoyat, mehnatlarimizning samarasidir, desak xato bo‘lmaydi.
Siz xotin-qizlarimizni yana bir karra bayram bilan tabriklab, hech qachon baxoriy go‘zallik tark etmasin

Institut rektori B.Sobirov