Xalqimizga xos mehr-oqibat, gʻamxoʻrlik va insonparvarlik namunalarini anʼanaviy davom ettirayotgan bir guruh Maktab menejmenti yo`nalishining 2 kurs talabalari va o`qituvchi S. Sheraliyeva boshchiligida bu safargi xayrli amalni Mehribonlik uyidan boshladilar.
Savobli ishga qoʻl urgan talabalar shu kuni Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan birga hovlidagi boqqa mevali daraxt koʻchatlarini ekib, hashar qilishdi. Daraxtlar oqlanib, hudud saranjom-sarishta holatiga keltirildi.Shuningdek, mehribonlik uyi bolalari uchun xalqimizning eng sevimli, milliy taomlaridan biri sumalak hamda osh tayyorlandi.