Navoiy viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari va O`zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan fevral oyida “Talabalar xaftaligi” o`tkazilmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 10 fevral kuni Navoiy davlat pedagogika institutida milliy taomimiz palov tayyorlash bo`yicha talaba-yigitlar o`rtasida “Osh chempionati” o`tkazildi.
Chempionatdan ko`zlangan maqsad, ikkita OTM o`rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, talabalarni jipslashtirish, bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdir. Chempionat yakunida NDPI Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar ittifoqi Kengashi faxrli 1-o`rinni, NDKI yoshlar ittfioqi Kengashi 2-o`rinni, NDPI yoshlar ittifoqi Kengashi 3-o`rinni egallashdi. Loyiha doirasida 250 nafar talaba-yoshlarga osh tarqatildi, ularni kayfiyatini ko`tarish maqsadida QVZ hamda konsert dasturi tashkil etildi.