Joriy yilning 13-fevral kuni institutning kichik majlislar zalida institut rektori B.Sobirov bilan O`zbek tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat, Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim, San’atshunoslik fakultetlarining iqtidorli talaba-yoshlari ishtirokida ochiq muloqot o’tkazildi.
“Yoshlarni qo`lllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da, yoshlar bilan tizimli ish olib borish, iqtidorlarini rag`batlantirish va tengdoshlariga motivatsiya berishlari, institutda maqom kechalarini tashkil etish, talabalar o`rtasida zakovat intellektual o`yinlarini o`tkazish, institutda she’riyat kechalari tashkil etish, Ulug` bobokalonlarimiz xotirasini abadiylashtirish uchun videorolik tanlovlarini muntazam o`tkazib borish va OAVlarida yoritish, turli hil viktorina o`yinlarini tashkil etish kerakligi aytildi. Talabalar tomonidan ham bir qator takliflar berildi. Jumladan, viloyatning diqqatga sazovor, tarixiy joylariga talabalar sayyoxatini tashkil qilish, talaba-yoshlar uchun maxsus avtobuslar qatnovini yo`lga qo`yish taklifi berildi.
Shuningdek, yoshlar haftaligi doirasida o`z bilimi, iqtidori bilan tengdoshlariga namuna bo`lib kelayotgan, tadbirlarda faol qatnashgan talabalar qimmatbaho sovg`alar hamda diplom va tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.