loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor va talabalar uchrashuvi

  Mamlakatimizda yoshlarga bo`lgan e’tibor, o`sib kelayotgan barkamol avlodga bo`lgan g`amxo`rlik davlat siyosati darajasiga ko`tarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Navoiy davlat pedagogika institutida rektor bilan barcha fakultet talabalarining jonli muloqoti odat tusiga aylandi. Yoshlar uchun qaratilgan e’tibor, ularni qo`llab – quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani o`g`il-qizlar uchun ko`plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.
2021-yil 12-fevral kuni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor B. Sobirov San’atshunoslik fakultetida tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

 

Uchrashuvda institut rektori B. Sobirov fakultet miqyosida olib borilayotgan ishlar, professor-o`qituvchilar va talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarga to`xtalib, amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar xususida takliflar berdi.

1. Raqobatdosh kadrlarni yaratish asosiy maqsad ekanligi.
2. Talaba yoshlarning ilimiy ishlar bilan shug`illanishlariga ko`proq vaqt ajkratishlariz zarur ekanligi.
3. Mexnat bozorida institut bitiruvchi talabalar o`z o`rinlariga ega bo`lishlari zarur ekanligi
4. Talabalar tamonidan professor o`qituvchilarni dars mashg`lotlari davomida savolar berish orqali ularni yanada o`z ustilarida ishlashga undashlari zarur ekanligi, tushuntirib berishlari institut rektori tamonidan takidlandi.

Ochiq muloqot ko`rinishini olgan tadbirda talabalar oliygoh rahbariyatidan o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va o`zlarini takliflarini ham bildirib o`tdilar. Yoshlar yilida, yoshlar bilan ishlash mexanizmi yaratilganligi, shu o`rinda talaba-yoshlarga katta imkoniyatlar yaratilayotganligi quvonarli hol ekanligini ta’kidlandi.