loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

RASMIY MUNOSABAT

 Ijtimoiy tarmoqdagi @tentakminds kanalida «Savol berolmaydigan talabalar» sarlavhasi ostida  «Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari darhol shartnoma pulini to’lashga majburlanmoqda» degan xabar joylashtirildi.

Kanalda iddao qilinishicha «Nega bunaqa bo’layotgani haqida aniq  ma’lumot yo’q, lekin talabalarga bunday topshiriq berish uchun aniq asos bo’lishi  kerak» deyilgan. Mazkur holat bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz!

Kanalga joylashtirilgan foto skringshotdan ko’rinib turibdiki NavDPIning Fizika-matematika fakulteti dekani o’rinbosari S.Kanatbayev institutning yangilangan hisob raqami haqida talabalar va ularning ota-onalarini xabardor qilgan.

Shuningdek, 2020-2021 o’quv yilining Birinchi yarim yilligi uchun to’lov kontraktning oxirgi muddati joriy yilning 20- yanvariga qadar uzaytirilganligi hamda to’lov uchun muddat oz qolayotgani bois to’lov-kontrakt to’lovlarini amalga oshirishni talabalarga  eslatgan. Hech bir talaba kontrakt pullarini bugunning o’zida to’lashga majbur qilinmagan. Yana bir ma’lumot: Ayni kunda Fizika-matematika fakultetining 193 nafar talabasi (12.01.2021ga qadar) to’lov-kontraktini amalga oshirmagan.

Navoiy davlat pedagogika instituti ma’muriyati har qanday tushunmovchiliklarga asoslangan xolatlarga tushunchalar berishga tayyor ekanligini bildiramiz.